IMT Atlantique universiteti
Koordinatalari: 47°16′55.946999999994″N 1°31′11.223″W / 47.28220749999999839°N 1.51978417°W / 47.28220749999999839; -1.51978417 G O, Koordinatalari: 48°7′12.698999999991″N 1°37′43.774″W / 48.12019416666666416°N 1.62882611°W / 48.12019416666666416; -1.62882611 G O{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page va Koordinatalari: 48°21′33.623000000005″N 4°34′11.599999999998″W / 48.35933972222222366°N 4.56988888888888845°W / 48.35933972222222366; -4.56988888888888845 G O{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page
IMT Atlantique Bretagne-Pays de la Loire (shuningdek, École Nationale Supérieure Mines-Télécom Atlantique Bretagne-Pays de la Loire yoki École des Mines Télécom Atlantique nomi bilan ham tanilgan) texnologik universitet hisoblanadi. École nationale supérieure des mines de Nantes va Télécom Bretagnening birlashishidan
IMT Atlantique Bretagne-Pays de la Loire universiteti 2017-yil 1-yanvarda tashkil etilgan.
IMT Atlantique Bretagne- Pays de la Loire universiteti muhandislik maktabi, ilmiy tadqiqotlar va biznes taʼlimiga bagʻishlangan Fransiya institutlarining nufuzli guruhi boʻlgan Grandes Écoles tarkibiga kiradi.
IMT Atlantique Bretagne-Pays de la Loire universiteti uchta kampusdan iborat: Brest, Nantes, Rennes. IMT Atlantique universiteti Institut Mines-Télécom maktabi va Bretagne Loire universiteti aʼzosi hisoblanadi.
IMT Atlantique umumiy muhandislik diplomini taklif qiladi. Grandes Écoles tayyorgarlik sinflari talabalari Concours Commun Mines-Ponts tanlov imtihoniga kirishlari mumkin.
IMT Atlantique École Polytechniquening amaliy maktablaridan biridir.
IMT Atlantique universitetida qabul darajasi 8,7 % ni tashkil qiladi.
Tarixi
École Nationale Supérieure des Télécommunications de Bretagne 1977-yilda, Ecole Nationale Supérieure des Techniques Industrielles et des Mines de Nantes esa 1991-yilda tashkil etilgan. 2009-yilda u Iqtisodiyot, sanoat, energetika va texnologiyalar boʻyicha Bosh kengashning maʼmuriy nazoratiga oʻtdi.
2012-yilda Mines-Télécom Instituti tashkil etildi, 2014-yildan Mines Nantes va Télécom Bretagne maktablarini birlashtirish ko‘zda tutilgan edi. 2015-yil 24-martda ikkala maktab qoʻshilish toʻgʻrisida kelishib olingan.
Ikkita maktab qoʻshilishidan 2017-yil 1-yanvarda IMT Atlantique universiteti paydo boʻlgan.
2017-yil 2-fevralda IMT Atlantique va ENSTA Bretagne universitetlari direktorlari Mudofaa vaziri Jean-Yves Le Drian ishtirokida ikki muassasa o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Bitim qisqa va oʻrta muddatli istiqbolda kadrlar tayyorlash, tadqiqot, innovatsiyalar va xalqarolashtirish boʻyicha hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish hamda muhandislik markazini yaratishni koʻzda tutdi .
Maʼmuriyat
Prezident
Rektor
Trening
Umumiy muhandislik
IMT Atlantique, asosan Concours Commun Mines-Ponts tanloviga kirish imtihonidan oʻtgan talabalarga umumiy muhandislik oʻquv dasturini taklif etadi.
Muhandis shogird
Shuningdek, universitet Brittany va Pays de la Loire mintaqaviy hokimiyatlari bilan hamkorlikda uchta muhandislik shogirdlarini tayyorlash dasturini taklif etadi Ular quyidagilar:
Magistrlar
Magistrdan keyingi darajalar
Doktorlik dasturi
IMT Atlantique universiteti oʻzi bilan hamkorlikda akkreditatsiya qilingan Brittany va Pays de la Loire mintaqalaridagi beshta doktorantura maktablari doirasidagi 30 ta doktorlik mutaxassisliklarini qamrab oladi.
IMT Atlantique kampusi
Brest kampusi
Dengiz sohilidagi Plouzané shahrida joylashgan Brest kampusi 24,14 gektar maydonda, boshqa oliy oʻquv yurtlari (ENIB va ESIAB) yaqinida joylashgan Brest-Iroise texnologiya markazining bir qismidir.
Brest kampusi maktab binolari, sport inshootlari (sport zallari, stadionlar, tennis korti, ogʻir atletika zali va raqs studiyasi), restoran, talabalar turar joyi (oʻn ikkita bino), inkubator va astronomik observatoriyadan iborat.
Nantes kampusi
13,15 gektarlik kampus Erdre daryosi boʻyida Atlanpole texnologiya markazida, Chantrerie kampusida boshqa oliy oʻquv yurtlari (Oniris, École supérieure du bois, Polytech Nantes, École de design Nantes Atlantique) yaqinida joylashgan.
Nantes kampusi maktab binolari, sport inshootlari (sport zallari, stadionlar, tennis korti va ogʻir atletika zali), restoran, talabalar turar joyi (oltita bino) va akademik inkubatordan iborat.
Rennes kampusi
Rennes kampusi Cesson-Sévigné shahrida joylashgan. Rennes kampusi maktab binolari, talabalar turar joyi va inkubatordan iborat.
Yana qarang
Tegishli maqolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org