Imre Schlosser




Imre Schlosser ( talaffuzi: Imre Shlosser) (shuningdek, Imre Schlosser-Lakatos nomi bilan ham tanilgan; 1889-yil 11-oktyabr—1959-yil 18-iyul)—vengeriyalik futbolchi. Imre Schlosser hujumchi sifatida oʻynagan. Imre Schlosser Vengriya milliy chempionati tarixidagi eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Bu rekordini hozir ham saqlab turibdi.

Klublardagi faoliyati



Imre Schlosser János Schlosser va Maria Kettnerning oʻgʻlidir. Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi aʼzosi edi.1906-yil 25-fevralda Imre Schlosser klub safida ilk oʻyinini „Postás ellen“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (0-1) oʻtkazdi. Imre Schlosser sakkiz mavsumni „Ferencvárosi TC“ futbol klubi safida oʻtkazdi (1906—1915). U „Ferencvárosi TC“ futbol klubi bilan olti marta chempion boʻldi va olti marta ketma-ket liganing eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi bilan liga doirasidagi 155 oʻyinda maydonga tushib, jami 258 t5a gol urdi. Shuningdek, Imre Schlosser klub bilan 1912—1913-yilgi mavsumda Vengriya kubogini qoʻlga kiritdi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Imre Schlosser 1910—1911 (42), 1911—1912 (40) va 1912—1913 (42) va 1913—1914-yillardagi (36) mavsumlarida ketma-ket toʻrt marta Yevropaning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Toʻrt marta Yevropaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan birinchi futbolchi rekordini keyinchalik faqat Josef Bican va Lionel Messi takrorladi. „FTC“ klubi rahbariyati bilan bahslashgandan soʻng, Imre Schlosser „MTK“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Ular bilan Imre Schlosser yana 6 marta Vengriya chempioni boʻldi. Keyin Imre Schlosser Avstriyadagi „Wiener AC“ futbol klubi safida bir mavsum oʻtkazdi. Shundan soʻng, Imre Schlosser „Ferencvárosi TC“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Maʼlumotlarga koʻra, Schlosser klubdagi faoliyati davomida 417 ta gol urgan va bu raqam Yevropa top-ligalaridagi barcha vaqtlarning oltinchi oʻrindagi eng yuqori koʻrsatkichi hisoblanadi. Imre Schlosser „IFK Norrköping“ futbol klubini boshqargan edi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Imre Schlosser 1906-yil 7-oktabrda Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida Chexiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (4:4 hisobida durang) faoliyatidagi ilk xalqaro oʻyinda maydonga tushdi. 20 yildan ortiq davom etadigan milliy terma jamoadagi faoliyatida Imre Schlosser Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida 68 marta maydonga tushdi (jamoa Schlosserni maydonga tushirgan oʻyinlarning 70 foizida gʻalaba qozondi) va 59 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Imre Schlosser Avstriya, Fransiya, Shveytsariya, Germaniya va Rossiya kabi terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda Vengriya milliy futbol terma jamoasi safida 5 ta xet-trik qayd etdi.

Xalqaro




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz