Imran Louza




Imran Louza (1999-yil, 1-mayda tugʻilgan) — Fransiyada tugʻilgan professional marokashlik futbolchi, EFL chempionatining "Watford" klubi va Marokash terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Louza Nantesning yoshlar akademiyasidan oʻtdi va 2019-yilda jamoadagi debyutini, 2021-yilda esa xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi.

Klubdagi faoliyati



Nantes



Louza 2006-yilda Etoile du Censdan Nantes yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan va klubda bir nechta yosh toifalarida sardorlik qilgan. U 2019-yil, 4-yanvarda „Nantes“ klubi safida „Chateauroux“ ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan kubok oʻyinda „Nantes“ safida debyut qilgan va debyutida gol urgan.

Watford



2021-yil, 1-iyun kuni "Watford" Louzani „Nantes“ klubidan 10 million yevro evaziga sotib oldi. U The Hornets bilan 2026-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi, 2021-yil, 21-avgust kuni Louza „Watford“ safida „Brighton“ klubiga qarshi o‘yinda (2:0) debyut qilgan.

2022-yil, 8-oktyabrda Louzaning mavsumdagi uchinchi o‘yinida oʻz darvozasiga top kiritib qoʻydi, natijada "Blackpool" klubiga 3:1 hisobida jamoasi bilan mag‘lub bo‘ldi. 2022-yil, 19-oktyabrda Louza „Millwall“ klubidan 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan oʻyinda jarohat oldi. Bosh murabbiy Slaven Bilic Louzaning fibulasi singanini, shuningdek, ligamentlari shikastlanganini, bu jarohat uni bir necha oy davomida oʻyinlarni oʻtkazib yuborishini va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatini ham oʻtkazib yuborishini aytdi.

Xalqaro faoliyati



Louza Fransiyada tugʻilgan, uning otasi Marokashlik, onasi esa Fransiyalik. U Marokash U-20 terma jamoasini Fransiya U-20 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 3:2 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan oʻyinda, o‘z jamoasi safida gol urgan. U Fransiyani xalqaro oʻyinlarda himoya qilishni boshladi va Fransiyaning U-20 va U-21 terma jamoalarida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Louza rasman Marokash terma jamoasi vakili bo‘lishga qaror qildi va 2021-yil, 6-oktyabrda Gvineya-Bisau ustidan 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida debyut qildi va gol urdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 19-oktabr holatiga ko'ra[12]

Xalqaro gollar



Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz