Impulsli lampa




Impulsli lampa — intensivligi juda yukrri boʻlgan qisqa vaqtli yorugʻlik impulsi (chaqnash) hosil qiladigan gaz-razryadli yorugʻlik man-bai. Ishi, mas, inert gazda konden-satlangan uchkun razryadida paydo boʻladigan yoki metall folga (zarqogʻoz) kislorodda yonganda hosil boʻladigan plazma nurlanishidan foydalanishga asoslangan. I. l. uzluksiz yonadigan gaz-razryadli yorugʻlik manbalaridan tok zichligi va plazma temperaturasining yuqoriligi (300000 K ga yetishi) bilan farq qiladi. Naychali vasharli xillari bor. Fotografiyada (mas, suratga olish paytida chaqnaydigan lampa), optik lokatsiyada, yorugʻlik signalizatsiyasida, avtomatika va telemexanika kurilmalarida, fotokimyo va matbaada qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz