IMPULSLI LAMPA



IMPULSLI LAMPA — intensivligi juda yuqoi bo’lgan qisqa vaqtli yorug’lik impulsi (chaqnash) hosil qiladigan gaz-razryadli yorug’lik manbai. Ishi, masalan, inert gazda kondensatlangan uchkun razryadida paydo bo’ladigan yoki metall folga (zarqog’oz) kislorodda yonganda hosil bo’ladigan plazma nurlanishidan foydalanishga asoslangan. Impulsli lampa uzluksiz yonadigan gaz-razryadli yorug’lik manbalaridan tok zichligi va plazma temperaturasining yuqoriligi (300000 K ga yetishi) bilan farq qiladi. Naychali va sharli xillari bor. Fotografiyada (masalan, suratga olish paytida chaqnaydigan lampa), optik lokatsiyada, yorug’lik signalizasiyasida, avtomatika va telemexanika qurilmalarida, fotokimyo va matbaada qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz