IMPICHMENT (inglizcha impeachment) — ayrim davlatlarda, masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiyada oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenti, hukumat boshlig’i va sh.k.)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to’g’risidagi ishlarni sudda ko’rib chiqishning alohida tartibi. Impichment vaqtida jinoiy ish qo’zg’atish va sudga berishni, odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko’rib chiqish esa — oliy palataning vazifasidir, ko’rib chiqish lavozimdan chetlatish (bo’shatish) bilan yakunlanishi mumkin. Impichment tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish