“IMON” — kinostudiya; ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi. 1991 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tashkilotchilari Jasur Ishoqov va Rustam Sa’dullayev. “Ketma”, badiiy filmi (1992), “Oltin tulpor la’nati”, “Ko’rish qobiliyati” (1998) kabi televizion videofilmlar va boshqalar suratga olingan. “Ketma” badiiy filmi Toshkent xalqaro kinofestivalida maxsus sovringa sazovor bo’lgan. Badiiy rahbari — Jasur Ishoqov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish