Imom Rizo ansambli




Imom Rizo ansambli - Mashhad (Eron)dagi meʼmoriy yodgorliklar majmui (XII—XIX asrlar). Ansambl eski hovli, Alisher Navoiy ayvoni, yangi hovli, Imom Rizo maqbarasi, Gavharshod begim masjidi, Madrasa, kutubxona, karvonsaroy va boshqalardan iborat. Ansambl 2 marta qayta qurilgan. Markazida shialikning 8-imomi Ali ibn Muso ar-Rizo maqbarasi joylashgan (9-asrda bunyod etilib, 12-asrda Oljeytu sultoni hukmronligi davrida gumbazi qayta tiklangan). Maqbarani bezatish uchun katta mablagʻ sarflangan. Maqbara ulugʻvorligi jihatidan Samarqand va Hirot (14—15-asrlar) maqbaralari bilan tenglashadi. 4 hovlidagi katta ayvonlar [jan.-gʻarbiy qismi (uz. 46 m.) A. Navoiy boshchiligida 15-asr oxirida qayta qurilgan va oʻz koʻrinishini oʻzgartirgan], Shoh Abbos II ayvoni (1649), Gavharshod begim sharafiga qurilgan masjid (qarang Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi) joylashgan va u eshik orqali maqbara bilan bogʻlangan. Ansamblning devor va gumbazlari koshinlar, naqshli lavhalar, izorasi marmar va zarhallar bilan qoplangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz