Imom Qozixon koʻchasi
Imom Qozixon koʻchasi — eponim. Afsonaviy shaxs nomi. Ushbu nom mo'g'ul xoni Hulaguxonning savollariga to'g'ri javob bergan bola to'g'risidagi afsona asosida paydo bo'lgan. Ko'chada po'stindo'zlar, to'quvchilar, meshkoblar yashagan. Imom Qozixon mozori shu guzarda joylashgan. Imom Qozixon to'g'risidagi ma’lumot Ahmad ibn Mahmudning XV asr boshlarida yozilgan “Kitobi Mullozoda” va boshqa asarlarda keltiriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org