Imom Husayn masjidi
Imom Husayn masjidi (ozarbayjoncha: İmam Hüseyn məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid, 1896-yilda Adolf Eichler loyihasi asosida bunyod etilgan. Masjid Abdullah Shaig va Suleiman Tagizade koʻchalari kesishgan nuqtada joylashgan.
Tarixi
Imom Husayn masjidi qurilishining tashabbuskori Hoji Bobo Ashumov boʻlgan. Masjid Chemberkend massivida, amfiteatr tepaliklarida barpo etilgan.
1895-yilda Ashumov nemis arxitektori Adolf Eichlerni masjid qurilishini loyihalash uchun yollaydi. 1896-yilda esa bino toʻliq qurib bitkaziladi.
Mahalliy aholi ushbu yangi binoni dastlab „Ashumov masjidi“ deb atashgan. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Imom Husayn masjidi „Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va madaniy yodgorlik“ hisoblanadi.
Arxitekturasi
Imom Husayn masjidi mahalliy meʼmorchilik uslubida qurilgan. Masjidning ichki qismi namozxona, qabulxona, ikkita yoʻlak va gumbazdan iborat. Bezatilgan mehrob zal oxirida, masjid derazalari esa gumbaz barabanida joylashgan.
Masjidning kirish qismi stalaktitlar bilan bezatilgan boʻlib, shimoliy jabhaning yon qanot devorlari ana shundan stalaktitlar bilan toʻldirilgan. Mutaxassislar Imom Husayn masjidining ushbu qismini Kordova ibodataxonasining gʻarbiy jabhasiga qiyoslaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org