Imom G‘azzoliy ziyoratgohi




Imom Gʻazzoliy ziyoratgohi  – Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. XVIII asrda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida bunyod etilgan. Ziyoratgoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Ziyoratgoh Muhammad Gʻazzoliy mahallasida joylashgan. Mahallada Imom Muhammad Gʻazzoliy Valiy masjidi va ramziy qabri qurilgan. Rivoyatlarga koʻra, Ziyoratgohga bosh oʻgʻrigʻiga duchor boʻlgan bemorlar sigʻingan va shu yerdan ogʻrigʻlaridan xalos boʻlishgan.
Imom Gʻazzoliy 1058-yilda Tusda tavallud topgan. Uning otasi jundan ip yaʼni gʻazzol tayyorlovchi boʻlgan. Gʻazzoliyning ismlari Muhammad, taxallusi esa Zayniddin. Imom Gʻazzoliy hayoti va faoliyati davomida 100 dan ortiq asalar yozgan. „Qavoid al Aqoid“ „Mukoshafatul qulub“, „Bosit“, „Vojiz“, „Ar Risolat al qudsiya“, „Hujjat al Haq“, „Mufassal al Xilof“, "Ihyo ulumid Din, „Javohir ul Qurʼon“, „Ayuhal Valad“ va boshqa asarlari mashhur. Imom Gʻazzoliy faoliati davomida Bagʻdoddagi Nizomiya madrasasida dars talabalarga saboq bergan. U 1111-yil Tusda vafot etadi. Imom Gʻazzoliyning „Ihyo ulumid Din“, „Ayuhal Valad“, „Mukoshafatul qulub“, va bir qator asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.
Ziyoratgoh Buxoroning eski shahar qismida, 10-maktab yon tomonida joylashgan. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida masjid va ziyoratgohda obodonchilik ishlari olib borilib, taʼmirlangan. Qadamjo Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Imom Gʻazzoliy ziyoratgohi qurilishida pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Hozirgi kunda qadamjoga koʻplab ziyoratchilar tashrif buyuradi.

Manbalar




Adabiyotlar



Ilmiy adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz