Imom eshon madrasasi
Imom eshon madrasasi (qoraqalpoqcha: Imam iyshan medresesi) — Qoraqalpogʻistonda saqlanib qolmagan madrasa. Qoʻngʻirot sulolasi davrida Xiva xonligidagi Qrantav nomli ovulda Tolegen biyning mablagʻlari evaziga Imom Muhammad eshon Qayipnazar biy oʻgʻli sharafiga XIX asrda bunyod etilgan.
Imom eshon Buxoro madrasasidagi tahsilini tugatganidan soʻng, yurtiga qaytib Shok-torangʻilga kelgan. Imom eshon ismli ulamo kelganini eshitib Tolegen biy uning oldiga mehmon boʻlib keladi va eshondan biyning ovuliga — Qrantavga koʻchishini soʻraydi. Buning uchun biy oʻzining ovulida eshonga atab madrasa bunyod ettiradi. Iltimosni qabul qilgan Imom eshon umrining qolgan qismini shu madrasada ilm oʻrgatib oʻtkazadi. Ushbu ilm maskani Imom eshon madrasasi nomi bilan mashhur boʻladi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org