Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad — movarounnahrlik alloma, muhaddis olim Imom Buxoriy hamda Oʻzbekiston va musulmon dunyosidan yetishib chiqqan mutafakkir va allomalarning ilmiy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qoʻshgan hissasini chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish, kelgusi avlodni millatlar va dinlararo bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinch-totuv hayotni qadrlash va mustahkamlash ruhida tarbiyalash, shuningdek, xalqaro miqyosdagi maʼnaviy-maʼrifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.
Tarixi
Musulmon olamida Qurʼondan keyingi manba hisoblangan „Sahihul Buxoriy“ asarining muallifi, muhaddis olim Imom Buxoriy (810-870) maqbarasi joylashgan maskan (Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoja Ismoil qishlogʻi)da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 483-son „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-yanvarda Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida zamonaviy va milliy arxitektura yutuqlari asosida yangidan bunyod etilgan va jihozlangan Markaz binosi hamda manzarali daraxt va gul koʻchatlari oʻtqazilib, koʻkalamzorlashtirilgan 6,5 ga maydon foydalanish uchun topshirildi.
Markaz binosida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega va zaruriy axborot texnologiyalari hamda mebellar bilan jihozlangan xonalar, zamonaviy kutubxona, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati bilan bogʻliq eksponatlar joylashgan muzey tashkil etilgan.
Muzey
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi muzey fondidagi mavjud vitrinalardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hayot yoʻli va ilmiy-maʼnaviy merosi haqida maʼlumot beruvchi musavvirlik ishlari, nodir asarlar va boshqa eksponаtlar oʻrin olgan.
Imom Buxoriy hayotiga oid musavvirlik ishlari taniqli rassom Alisher Aliqulov boshchiligidagi Husan Qosimov, Murod Azlar Xodjayev, Baxtiyor Alimxonov, Husan Xolov, Masʼud Xolov va boshqa rassomlar tomonidan bajarilgan.
Muzey eksponotlari orasidan xarita ham oʻrin olgan boʻlib, unda Imom Buxoriyning ilmiy safarlari aks etgan. Xaritaning pastki qismida lavh (XIX asr), chiroq (IX asr), qalamdon (XIX asr), siyohdon (IX asr) va juzgir (XIX asr) oʻrin olgan.
Markazning asosiy vazifalari
Markaz boʻlimlari
Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi
Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Boʻlim oʻz faoliyati davomida Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlar ilmiy merosini oʻrganish, ular qoldirgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini tayyorlash, Movarounnahr allomalari asarlarining qoʻlyozma va toshbosma nusxalari ustida tizimli tadqiqotlar olib borish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Boʻlimda 11 nafar ilmiy xodim faoliyat olib boradi. Hozirgi vaqtda boʻlim tomonidan Imom Moturidiy „Tav’ilot al-Qur’on“, „Kitob at-tavhid“ asarlarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish ustida ish olib borilmoqda. Imom Moturidiyning „Tav’ilot al-Qur’on“ 30-juz, Abd ibn Humayd Keshiyning „Musnadi Keshiy“(Hadislar toʻplami), Imom Dorimiyning „Sunani Dorimiy“ asarlari, hadis ilmiga oid asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilindi.
Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi
Qoʻlyozmalar bilan ishlash va muzey boʻlimi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Boʻlim oʻz faoliyati davomida jismoniy va yuridik shaxslarda saqlanayotgan islom diniga oid qadimiy, noyob qoʻlyozma asarlarni tasdiqlangan nizomga asosan sotib olish, sotib olingan yoki ehson qilingan noyob qoʻlyozma asarlarning katologini yaratish, islom olamida muhim ilmiy ahamiyatga ega hisoblangan qoʻlyozma va toshbosma asarlarni topish va markazda elektron bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Axborot kutubxona va Axborot texnologiyalari bo‘limi
Axborot kutubxona va Axborot texnologiyalari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, Markaz kutubxonasida islomshunoslik, xususan, hadisshunoslikka oid qoʻlyozma va toshbosma manbalar hamda zamonaviy nashrlarni saqlash, raqamlashtirish va ularning katalogini yaratish ustida ish olib boradi. Markazda ilmiy xodimlari tomonidan qilinayotgan tarjima ishlari, maqolalar, markaz faoliyatiga oid xabarlarni markazning rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib boradi.
Boʻlimda 4 nafar xodim faoliyat olib boradi.
Xalqaro aloqalar
2019-yil 22-iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida „Oʻzbekistondagi qoʻlyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish“ mavzusiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy oʻquv seminari oʻtkazilib, unda Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazining (IRCICA) bosh direktori, professor Xolit Eren ham ishtirok etadi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga „Sahih al-Buxoriy“ asarining XI asrga oid qoʻlyozmasi foto nusxasi hamda Sulton Abdulhamid tomonidan XIX asrda tayyorlangan Muqaddas Kaʼba va uning hududi aks etgan kitob albomini sovgʻa qiladi.
Hamkor tashkilotlar
Markaz 33 xalqaro tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.
Bular:
Havolalar
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org