Imom at-Termiziy koʻchasi (Toshkent)




Imom at-Termiziy koʻchasi  — Yakkasaroy tumanida. „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida joylashgan. XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Botir Boboev va Obid Akramxoʻjaev koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida. Dastlab Chereshnevaya (Gilosli) nomi bilan yuritilgan. 1991-yil 20-fevralda buyuk muhaddis Imom Abu Iso Termiziy (824-892) nomi berilgan.

Yoʻnalishida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Falastin davlatining Oʻzbekistan Respublikasidagi elchixonasi, shaxsiy turar joy binolari, doʻkonlar hamda turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz