Imod Faqih Kirmoniy




Imod Faqih Kirmoniy (1310 – Kirmon – 1371) – fors-tojik shoiri.

Taʼlimi



Kirmon, Sheroz va Yazd madrasalarida tahsil olgan. Adabiyot bilimdoni sanalgan. Shayx Ozariy “Javohir ul-asror” (“Sirlar javohiri”) va Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida uning bilimi, fazilatlari va shoirlik mahoratiga yuksak baho bergan.

Ijodi



Imod Faqih sermahsul shoir boʻlib, undan bizga 6 masnaviy va bir devon yetib kelgan. Ijodiy merosi 16 ming baytdan iborat. Dostonlari “Tariqatnoma”, “Safonoma”, “Suhbatnoma”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma” (“Oʻn noma”), “Tuhfat ul-ixlos” (“Ixlos tuhfasi”) deb nomlangan. Ularning barchasi irfoniy mavzuda. Ijodiy merosida gʻazal asosiy oʻrin egallaydi. 26 qasida, 107 ruboiysi ham bor.

Navoiy eʼtirofi



Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”da yozishicha, Imod Faqih vajd-u hol sohibi, xonaqoh va muridlariga ega, samoʼ suhbatiga moyil boʻlgan. Makka safariga ketayotib, Sherozda Hofiz Sheroziy bilan uchrashgan va duo olgan. Hajdan qaytgunicha shuhrati olamni tutgan emish.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz