Immunokimyo




Immunokimyo — immunologiyatsht immunologik hodisalarning molekulyar asoslarini fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida oʻrganadigan boʻlimi. Immunoglobulinlar (antitelolar), antigenlar tuzilishini, antitelolar bilan antigenlar oʻrtasida boradigan reaksiyalarni oʻrganish tufayli I. fan sifatida rivoj topdi. I. immunokomponent hujayralar yuzasi membranalarining tuzilishi, immun javobda bu hujayralarning oʻzaro taʼsir etish omillarini, limfotsitlarning koʻpayishiga olib keladigan re-aksiyalar mexanizmini ham oʻrganadi. Antitelolar tegishli antigenlar bilan oʻzaro taʼsir etishiga asoslangan immunokimyoviy tahlil usullaridan biol., tibbiyot va qishloq xoʻjaligi da keng foydalaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz