Immunoglobulin G
Immunoglobulinlar G -(
IgG ) antitelalar sinfiga kiradi. IgG inson plazmasidagi antitelalarning taxminan 75 % ni tashkil qiladi va qon oqimida eng koʻp uchraydigan antitelalar hisoblanadi. IgG plazma B hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi va har bir IgG molekulasida ikkita antijen bogʻlashish joyi mavjud.
Tuzilishi
IgG antitelalari ogʻirligi taxminan 150 kDa kattalikdagi molekulalardan tuzilgan boʻlib, toʻrtta polipeptid tuzilishli zanjirlardan tuzilgan. Bitta IgG molekulasida taxminan 50 kDa boʻlgan ikkita bir xil g-tipli ogʻir zanjirlar va taxminan 25 kDa boʻlgan ikkita engil zanjir boʻladi. Ikki ogʻir zanjir bir-biriga va engil zanjirlarga disulfid bogʻlari orqali bogʻlangan boʻlib olingan tetramer ikkita bir xil yarmidan iborat boʻlib, ular birgalikda Y shaklli strukturani hosil qiladi. „Vilka“ ning har bir uchida bittadan antigenga bogʻlashnish joyi mavjud boʻlib, u oʻz shaklini oʻzgartiruvchi tuzilishga ega. Y shaklidagi strukturaning „poyasi“ doimiy boʻlib, Fc bilan belgilanadi va yuqori darajada saqlanib qolgan N-glikozillanish joylarini oʻz ichiga oladi. Fc ga biriktirilgan N- glikanlar fukoza bilan toʻyingan boʻlib, murakkab tuzilmalar hosil qiladi. Ushbu glikanlarning baʼzilari N-asetilglyukozamin va a-2,6-bogʻlangan sialik kislota qoldiqlarini ham oʻz tarkibiga kiradi.
Funksiyalari
Antitelalar gumoral immunitetning asosiy qismini tashkil qilib IgG qon va hujayralararo suyuqlik antitelalarining asosiy turidir, shuning uchun u turli xil patogenlarga: zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar bilan bogʻlanib, butun tanadagi infeksiyani nazorat qilishda faol ishtirok etadi. IgG ning patogenlar bilan bogʻlanishi ularning immobilizatsiyasiga va bir-biriga bogʻlanishiga olib keladi (aglyutinatsiya). Patogen yuzasini IgG molekulalari bilan bogʻlanishi (opsonizatsiya) uni fagotsitlarga tanib olish, yutish va yoʻq qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, IgG klassik komplement yoʻlida faollashtiradi, bu patogenni yoʻq qiluvchi oqsillarning shakllanishiga olib keladi. IgG molekulalari, shuningdek toksinlarni bogʻlash va neytrallash qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ushbu turdagi antitelaning antitelaga bogʻliq hujayra sitotoksikligi muhim rol oʻynaydi (inglizcha: antibody-dependent cellular cytotoxicity, ADCC) va TRIM21 (IgG ga maksimal yaqinlikka ega boʻlgan inson hujayralari retseptorlari) bilan bogʻlanishi tufayli hujayra ichidagi antitela vositachiligidagi degradatsiyada qatnashadi. Ushbu jarayonlar natijasida virionlar sitozolning proteazomalarida yoʻq qilish uchun yuboriladi. IgG II va III turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bilan aloqada boʻlib turadi. IgGlar antitetalar sinfini almashtirish orqali hosil boʻladi, shuning uchun ular asosan ikkilamchi immun jarayonlarda ishtirok etadilar. IgG toʻqimalarga oson tarqaladigan monomerlar shaklida chiqariladi. IgG — bu maxsus retseptorlar yordamida yoʻldoshni kesib oʻtishga qodir boʻlgan antitelalarning yagona turi boʻlib, homilani bachadonda himoya qiladi. Koʻkrak sutining bir qismi boʻlgan IgA bilan bir qatorda, platsenta orqali homilaga kirgan IgG qoldiqlari oʻz immun tizimi ishlay boshlaguncha chaqaloqning gumoral immunitetini taʼminlaydi. IgG ning yuqori foizi ogʻiz sutida, ayniqsa sigir ogʻiz sutida mavjud. Dastlabki olti oy davomida chaqaloq kasallikka qarshi immunitetga ega boʻlib, onadan olingan antigenlarni yoʻq qilinmaguncha, u duch kelgan har qanday patogenlardan himoya qiladi. IgG allergik reaktsiyalarning rivojlanishida ishtirok etadi va IgE vositachiligidagi anafilaktik reaktsiyalarning oldini oladi, semiz hujayra bilan bogʻliq IgE dan oldin antigenler bilan oʻzaro taʼsir qiladi. Shunday qilib, IgG koʻp miqdordagi antigen tomonidan qoʻzgʻatilgan anafilaktik reaktsiyalarda qatnashganda, organizmga oz miqdordagi antigenning kirib borishi natijasida yuzaga kelgan tizimli anafilaksiyani oldini oladi.
Kichik sinflar
Odamda plazmadagi soni koʻpligiga qarab IgG ning toʻrtta kichik tasnifi (IgG1, IgG2, IgG3 va IgG4) mavjud (IgG1 eng koʻp).
Turli kichik sinflarning IgGlari qarama-qarshi xususiyatlarga ega boʻlganligi sababli (baʼzilari komplementni faollashtiradi, baʼzilari esa yoʻq; baʼzilari Fc retseptorlari uchun yuqori yaqinlikka ega, boshqalari esa yoʻq) va har qanday antigenga immun javobi barcha toʻrt kichik sinfdan antitelalarni ishlab chiqarishga olib keladi. Turli xildagi IgG subtiplari qanday ishlashi uzoq vaqtdan beri nomaʼlum boʻlib kelgan. 2013–yilda model taklif qilinib, unga koʻra immun javobning dastlabki bosqichlarida IgG3 va IgE hosil boʻladi va IgG3 antigenga IgM vositachiligida javob reaksiyasini beradi. Keyin IgG1 va IgG2 hosil boʻladi. Turli kichik sinflarning IgG ning nisbiy nisbati keyingi oʻrinlarda yalligʻlanish reaksiyalarining kuchini baholaydi. Agar antigen hali ham mavjud boʻlib yoʻq qilinmagan boʻlsa, IgG4 kichik sinfining antitelarlari hosil qilinadi, ular fagotsitar hujayralar faolligini bostirish orqali yalligʻlanishning intensivligini kamaytiradi.
IgG kichik sinflarining komplementini faollashtirishning turli usullarini oʻrganish organ transplantatsiyasida va boshqa amaliyotlarda donorga qarshi qaratilgan baʼzi antitelalarning zararli ekanligini koʻrsatib berish mumkin.
Ahamiyati
Antitelalar gumoral immunitetning asosiy tarkibiy qismidir. IgG qon va hujayradan tashqari suyuqlikda topilgan antitelalarning asosiy turi boʻlib, u tana toʻqimalarining infeksiyasini nazorat qilish imkonini beradi. Viruslar, bakteriyalar va zamburugʻlar kabi koʻplab patogenlarni bogʻlash orqali IgG tanani yuqumli kasallikyadan himoya qiladi.
Buni bir necha mexanizmlar orqali amalga oshiradi:
Diagnostikadagi oʻrni
Plazmada IgG oʻlchovi autoimmun tipli gepatit kabi bir qator holatlar uchun diagnostika vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Klinikada qondagi IgG darajasi maʼlum bir patogenga qarshi shaxs immunitet tizimining koʻrsatkichi hisoblanadi. IgG kontsentratsiyasi odamning qizilcha, qizamiq, gepatit B, suvchechak parotit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi immunitetini aniqlash uchun qoʻllanilishi mumkin. Biroq, IgG darajasi allergiya tashxislash jarayonida qoʻllanilmaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Galaktionov V. G. Immunologiya. — M.: Izdat. sentr „Akademiya“, 2004. — 528 s. — ISBN 5-7695-1260-1.
Havolalar
uz.wikipedia.org