Immunlash




Immunlash — sunʼiy yoʻl bilan immunitet vujudga keltirish. Infeksion kasalliklarning oʻldirilgan yoki zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilari mikroblarini yoki mikroblarning zaiflatilgan zaharlarini organizmga kiritib, aktiv (faol) immunitet hosil qilish. Vaksinatsiyalangan hayvonlar yoki kasallikni boshidan kechirgan kishilar qonida antitelolar paydo boʻladi. Bunday qon zardobini (shuningdek, gamma-globulinlarni) kishi organizmiga kiritib, passiv immunitet vujudga keltirish mumkin (yana q. Emlash).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz