Immerman Karl Lebrext




IMMERMAN (Immerman) Karl Lebrext (1796.24.4, Magdeburg — 1840.25.8, Dyusseldorf) — nemis yozuvchisi, dramaturg , teatr arbobi. Dyusseldorfdagi teatr rahbari (1832—37). Ijodi romantizmdan tanqidiy realizmga oʻtish davrining namunasidir. Dastlab sheʼrlar yozgan ("Sheʼrlar" toʻplami, 1822). I. "Tirol fojeasi" (1827) dramasi, "Aleksey" (1833) dramatik trilogiya va "Epigonlar" (1836), "Myunxgauzen" (1838), "Esdaliklar" (1840— 43) kabi oʻtkir hajviy romanlar muallifi. Teatr boʻyicha ilmiy tadqiqotlari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz