IMMERMAN (IMMERMAN) KARL LEBREXT



IMMERMAN (IMMERMAN) KARL LEBREXT (1796.24.4, Magdeburg — 1840.25.8, Dyusseldorf) — nemis yozuvchisi, dramaturg, teatr arbobi. Dyusseldorfdagi teatr rahbari (1832-37). Ijodi romantizmdan tanqidiy realizmga o’tish davrining namunasidir. Dastlab she’rlar yozgan (“she’rlar” to’plami, 1822). Immerman “Tirol fojeasi” (1827) dramasi, “Aleksey” (1833) dramatik trilogiya va “Epigonlar” (1836), “Myunxgauzen” (1838), “esdaliklar” (1840— 43) kabi o’tkir hajviy romanlar muallifi. Teatr bo’yicha ilmiy tadqiqotlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz