IMDB talqini bo‘yicha 250 eng yaxshi filmlar ro‘yxati
IMDb talqini boʻyicha 250 eng yaxshi filmlar roʻyxati (inglizcha: IMDb Top 250) — IMDb saytidan roʻyxatdan oʻtgan tashrif buyuruvchilar baholari asosida yaratilgan jahondagi eng yaxshi badiiy filmlar roʻyxatidir. Umumiy roʻyxatdan tashqari IMDb saytida janrlar, oʻnyilliklar, ovoz beruvchilarning yoshi va jinsiga koʻra ham alohida reytinglar tuzib kelinadi. „IMDb talqini boʻyicha eng yomon 100 film“ reytingi ham mavjud.
Hisoblash formulasi
Filmlar reytingi Bayes baholash tizimi asosida, quyidagi shaklda hisoblab chiqariladi:
W — yakuniy reyting;
V — filmga berilgan ovozlar soni;
M — reytingga kiritish uchun minimal ovozlar soni (M = 25 000);
R — filmning oʻrtacha bahosi (oʻn balli tizimda);
C — barcha filmlarning oʻrtacha bahosi.
Bu holatda IMDb saytining faqatgina roʻyxatdan oʻtgan va doimiy ovoz berib keladigan foydalanuvchilarining ovozlari hisobga olinadi.
Roʻyxatning 2022-yil 12-aprel boʻyicha holati[1]
Rejissorlar boʻyicha
Roʻyxatda filmlari koʻproq uchraydigan rejissorlar:
Manbalar
uz.wikipedia.org