Imambayildi
Imambayildi (turkcha: İmambayıldı, „imom bayildi“ — soʻzma-soʻz „ imom hushidan ketdi“) turk, bolgar va Bolqon mintaqasining milliy oshxonalari taomidir.
Bu oʻsimlik yogʻida (anʼanaviy ravishda zaytun moyida) qovurilgan pomidor, piyoz va sarimsoq bilan toʻldirilgan yarimtaki baqlajondir. Toʻldirishning tarkibi biroz farq qilishi mumkin, lekin odatda sabzavot boʻlib qoladi. Imombayildi biroz buzilgan nom bilan Bolgariya, Isroil, Armaniston, Shimoliy Makedoniya, Gretsiya, Albaniya va arab dunyosida keng tanilgan. Shunga oʻxshash taom Eronda ham mashhur, ammo mahalliy retsept boʻyicha ichiga boshqa sabzavotlar va oʻtlar solinishi mumkin. Hozirgi kunda bu ovqatni qish uchun va sotish uchun bankalarda saqlanadi, bu holatda, baqlajonlar ichi toʻldirilmaydi, balki oddiygina sabzavot aralashmasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Nomining kelib chiqishi
Taxminlarga koʻra, bu nom turk imomining xotini unga taom keltirganida xushboʻy isidan hushidan ketganligi afsonasidan kelib chiqqan. Boshqa versiyalarda u masalliqlarning narxi yoki bu taomni tayyorlash uchun sarflangan moy miqdorini eshitganida hushidan ketgani haqida kulgili hikoya bor.
Xalq ertaklarida imom zaytun moy sotuvchisining qiziga qanday uylangani ham aytiladi. Uning sepi eng yaxshi zaytun moyi solingan oʻn ikki bankadan iborat boʻlib, u har kuni kechqurun eriga pomidor va piyoz qoʻshilgan baqlajonli taom pishirardi. Ammo oʻn uchinchi kuni dasturxonda taom boʻlmagan. Imomga xotini zaytun moyi tugaganini bildirgach, hushidan ketgan.
Adabiyotda
Reks Stoutning „Oliftaning oʻlimi“ (1969) romanida bosh qahramon, baqaloq va mazaxoʻrak izquvar Neron Vulf hibsdan ozod qilingan yordamchisi Archi Gudvin bilan salomlashadi: "… Ha, siz haqiqatan ham oʻz vaqtida uchradingiz. Janob Stepanyan endigina sevimli taomi boʻlmish xunkav beyandini tayyorlashni tugatmoqda. Retsept Armanistonda ixtiro qilingan, ammo turklar buni Muhammad davridan beri bilishlarini daʼvo qilishadi. Bu baqlajon toʻldirilgan kabob boʻlib, uni turklar „imombayildi“ — hushidan ayrilgan imom deyishadi. Yogʻda qovurilgan piyoz, pomidor, sarimsoq, tuz va qalampir. Qamoqxona iflos boʻlganmi?"
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org