Im Soo-hyang




Lim Soo-hyang (koreyscha: 임수향; 1990-yil 19-aprelda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik aktrisa. Soo-hyang „New Tales of Gisaeng“ (2011) va „Inspiring Generation“ (2014) teleseriallarida bosh rollarni ijro etib shuhrat qozongan. Bir qator ikkinchi darajali rollardan so‘ng u „My ID is Gangnam Beauty“ (2018) romantikasi va „Graceful Family“ (2019) nomli sirli dramadagi ijrosi bilan keng eʼtirofga sazovor bo‘lgan. Soo-hyang „When I Was the Most Beautiful“ (2020), „Woori the Virgin“ (2022) va „Doctor Lawyer“ (2022) filmlarida ham suratga tushgan.

Faoliyati



Soo-hyang 2009-yilda Chung-Ang universitetida oʻqib yurganida „4th Period Mystery“ filmida bir oz rol ijro etganidan so‘ng, 2011-yili suratga olingan „New Tales of Gisaeng“ nomli mashhur teleserialda mag‘rur raqqosa Den Sa-ran obrazi rolini o‘ynashga kirishgan. Im oʻzining ijrosi uchun bir nechta mukofotlarga nomzod boʻlgan va SBS Drama Awards mukofotining „Best New Star“ (Eng zoʻr yulduz) va Korea Drama Award mukofotining „Best New Actress“ (Eng zoʻr yangi aktrisa) nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Oʻsha yili u Paradise Ranch filmida ikkinchi darajali rolni oʻynagan va „Salamander Guru“ filmlarida qisqa rol ijro etgan.

Im „I do, I Do“ (2012) filmida raisning qizi obrazi, "ris II: New Generation" (2013) filmida ajoyib qotil obrazi kabi turli-tuman bosh rollar bilan o‘z faoliyatini yaxshilagan. „Inspiring Generation“ (2014) filmida oʻgay qiz, „Five Enough“ (2015) filmida kollejni tashlab ketgan talaba va „Blow Breeze“ (2015) filmidagi antagonist ayol rollari bilan shuxrat qozongan.

Im 2017-yilda „Lovers in Bloom“ filmida beva qolgan politsiyachining bosh rolini ijro etgan, buning uchun u KBS Drama Awards mukofotida „Best Actress in a Daily Drama“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, Im oʻsha yili tvN telekanalida efirga uzatiluvchi shu nomdagi Amerika serialiga asoslangan „Criminal Minds“ nomli dramada oʻzini qurbon boʻlib koʻrsatuvchi qotil obrazida rol ijro etgan.

Filmografiyasi



Filmlari




Teleserial




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz