I'm So Excited




I’m So Excited “ (tarjimasi „" Men juda hayajondaman "“) — „Pointer Sisters“ vokal guruhining qoʻshigʻi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari va Chris Christian bilan hamkorlikda yozilgan. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi 1982-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan. Shundan soʻng qoʻshiq dastlab AQShning "Billboard Hot 100" roʻyxatida 30-oʻrinni egallagan. Buning ortidan 1984-yil iyul oyida "Billboard Hot 100" roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan qoʻshiqning remiksli relizi paydo boʻldi. "Billboard" „I’m So Excited“ qoʻshigʻini „100 Greatest Girl Group Songs Of All Time“ roʻyxatida 23-oʻringa qoʻydi.

Fon



"I'm So Excited" qoʻshigʻi dastlab „Pointer Sisters“ guruhining 1982-yilgi „So Excited“ nomli albomi uchun yozilgan va oʻsha albomda ikkinchi singl sifatida eʼlon qilingan edi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng, "Billboard Dance Music/Club Play Singles" chartida 28-oʻrinni, "Billboard Hot 100" chartida 30-oʻrinni va „Billboard R&B Singles“ chartida 46-oʻrinni egalladi.

„I’m So Excited“ qoʻshigʻi chiqarilganidan ikki yil oʻtgach, „Pointer Sisters“ guruhning RIAA tomonidan tasdiqlangan „Break Out“ nomli multi-platinum albomiga qoʻshiqning biroz remikslashgan va tahrirlangan versiyasi kiritilgan va singl sifatida qayta chiqarilgan. Remikslangan va tahrirlangan qoʻshiqning yangi versiyasi „Billboard Hot 100“ chartida 9-oʻrinni va „Billboard Adult Contemporary“ chartida 25-oʻrinni egalladi.

2001-yil mart oyida qoʻshiq RIAA va „National Endowment for the Arts“ loyihasining Amerikaning musiqiy va madaniy merosini yaxshiroq tushunishni targʻib qilish uchun moʻljallangan „Songs of the Century“ roʻyxatiga kiritildi. „I’m So Excited“ qoʻshigʻi roʻyxatdagi 365 ta qoʻshiq orasida 264-oʻrinni egalladi.

Musiqa videosi



1982-yilda xoreograf Kenny Ortega rejissyorligida „I’m So Excited“ qoʻshigʻining musiqiy videosi suratga olingan. Musiqa videosida „Pointer Sisters“ guruhi aʼzolarining oliy darajali klubdagi tantanali ziyofatga tayyorlanayotganligi tasvirlangan.

„Pointer Sisters“ guruhi aʼzolari Anita Pointer, Ruth Pointer va June Pointerlarning ziyofatga tayyorlanishi aks etgan musiqa videosi Dorian Harewood ham rol oʻynagan edi.

Xodimlar




Chartlar



Haftalik chartlar




Yil chartlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz