Im Chan-mi




Im Chan-mi (1996-yil 19-iyunda tugʻilgan), Chanmi nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning AOA qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan.

Faoliyati



2012-yil 30-iyulda Chanmi Mnet telekanalida AOA aʼzosi sifatida M! Countdown koʻrsatuvida debyut qilgan. Ularning Angels' Story nomli yakkaxon debyut albomi „Elvis“ nomli treki chiqqan. AOA toʻrtta mini-albomi va jami oʻnta singl chiqargan.

Chanmi, shuningdek, Yuna va Hyejeong bilan birgalikda AOA Cream kichik guruhining bir qismidir. Kichik guruh 2016-yil 1-fevralda oʻzining birinchi musiqiy parchasini chiqargan. „I’m Jelly Baby“ nomli trekka klip parchasi 2016-yil 4-fevralda chiqqan. AOA Cream 2016-yil 12-fevralda klip bilan birgalikda trekini chiqargan.

Chanmi bir nechta yakkaxon tanlovlarda qatnashgan va raqs va fitnes mahorati bilan tanilgan. U 2014-yilda MBC Music telekanalida Idol Dance Battle D-Style koʻrsatuvining soʻnggi bosqichiga chiqqan va 2015-yilda MBC’ning DMC festivalida yakkaxon raqs bosqichida ham, qoʻshma raqs sahnasida ham ishtirok etgan. U 2016-yilda KBS telekanalining Muscle Queen loyihasida ham ishtirok etgan.

Xonanda oʻzining aktrisa sifatida debyutini Whatʼs Up With These Kids? veb-dramasidagi Geum Hye Ra sifatida birinchi bosh roli bilan boshlagan. Filmda u VIXX guruh aʼzolari N va Hongbin bilan birga suratga tushgan. Drama 2016-yil 16-noyabrda namoyish etilgan.

2019-yil iyun oyida Chanmi Love Formula 11M veb-dramasida Ji-Yun roliini ijro etgan. 2019-yil noyabr oyida u MBC telekanalining yangi mashxur House of Sharing estrada shousida ishtirok etgan. Koʻrsatuv dekabr oyi boshida efirga uzatilgan.

2021-yil 29-iyun kuni Chamni VIXX guruhining aʼzosi Hyuk bilan birga A Different Girl romantik komediyasida rol ijro etishi tasdiqlangan.

Diskografiyasi




Filmografiyasi



Film




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz