Ilzat Akhmetov




Ilzat Toglokovich Axmetov (ruscha: Ильзат Тоглокович Ахметов 1997-yil 31-dekabrda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, "Krasnodar" klubida markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Faoliyatining boshida u asosan hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan.

Klubdagi karyerasi



Qirg'izistonda uyg'ur oilasida tug'ilgan Axmetov 11 yoshida Rossiyaga ko'chib o'tgan. 

U Rossiya Professional Futbol Ligasida 2014-yil 18-iyulda Qozonning “Rubin-2 ” jamoasida “Sizran-2003” klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

U 2014-yil 24-sentyabrda Rossiya kubogi doirasidagi “Luch-Energiya Vladivostok” ga qarshi oʻyinda “Rubin”ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazgan. 2014-yilning 20-oktabrida "Mordoviya Saransk"ga qarshi o'yinda "Rubin" safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan.

2018-yilning 15-iyunida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Axmetovni birinchi mavsumoldi o'yinlarida sinab koʻrish uchun Zenitga qoʻshilishini e’lon qilgan.

2018-yil 26-iyul kuni Moskvaning SSKA klubi Axmetov bilan to'rt yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Axmetov 2022-yil iyun oyida SSKAni erkin agent sifatida tark etgan.

2022-yilning 7-iyulida Krasnodar Axmetov bilan 2024-yil 30-iyungacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi.

Xalqaro



U Qirg'iziston yoki Rossiya nomidan o'yinlarda qatnasha oladi. Qirg'izistonlik murabbiy Aleksandr Krestinin, o'zi rossiyalik bo'lib, unga qo'ng'iroq qildi va Qirg'iziston terma jamoasida o'ynashga chaqirdi, lekin oxir-oqibat u Rossiyani tanladi tanladi.

U Rossiya terma jamoasiga ilk bor 2018-yilning noyabr oyida Germaniya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirilgan. U jarohati tufayli chaqiruvni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.

U jamoadagi debyutini 2019-yilning 21-mart kuni UEFA Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib amalga oshirgan. 

Karyera statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz