Ilyosjon Siddiqov




Ilyosjon Bahromovich Siddiqov (1984-yil 13-avgust, Furqat tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, falsafa fanlari doktori (DSc, 2022), dotsent (2022).

Biografiyasi



Ilyosjon Siddiqov 1984-yil 13-avgust Fargʻona viloyati, Furqat tumani, Qoʻqonboy qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 2001—2005-yillarda Fargʻona davlat universiteti tarix fakulteti bakalavriatida, 2005—2007-yillarda ushbu fakultetning magistraturasini tugatgan. 2007—2019-yillarda Fargʻona davlat universiteti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, 2019—2022-yillarda shu kafedraning katta oʻqituvchisi vazifasuda ishlagan. 2022-yildan mazkur kafedra mudiri.

Ilmiy faoliyati



Ilyosjon Siddiqov 2020-yilda „Yoshlar intellektual madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari“ mavzusida falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini, 2022-yilda „Oʻrta asr Islom sharqidagi gnoseologik va teologik qarashlarning oʻzaro sintezlashuvi: tarixiy-falsafiy tahlil“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan va falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2022-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 230 ta ilmiy ishlar,
jumladan, 2 ta monografiya, 2 ta darslik, 8 ta ilmiy risola, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz