Ilyos Abu Shabaki
Ilyos Abu Shabakiy (arabcha: الياس أبو شبكة) (3 may,1903-27 yanvar 1947)- Livanlik yozuvchi, shoir, muharrir, tarjimon va adabiyotshunos. U adabiy “O‘nlik ligasi”ning asoschilaridan biri bo‘lib, hozirda arab nahda harakatining yetakchi namoyandalaridan biri sanaladi.
Livanlik badavlat oilada tug‘ilgan u yoshligidan she’riyatga qiziqgan. Otasi savdogar bo'lgan, yoshligida yetim qolgan. Bu yoqotish uning dastlabki ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U o‘qituvchi, tarjimon va jurnalist bo‘lib ishlagan. U ko'plab arab gazetalari va adabiy jurnallar uchun maqolalar yozgan. Romantik maktab tarafdorlaridan bo'lgan Abu Shabakiy yuqoridan ilhom olish g'oyasiga ishongan va she'riyatda ongli boshqaruvni qoralagan. Uning she'rlari g'amgin, chuqur shaxsiy va ko'pincha Injilga asoslangan, ko'pincha uning ichki holati bilan bog'liq. Bir vaqtlar, uning ba'zi asarlari o'quvchilar tomonidan tushunarsiz qabul qilingan: masalan, "Jannat ilonlari" to'plami ochiq-oydin behayo mazmuni tufayli odobsiz deb tan olingan.1947- yilda leykemiyadan vafot etgan.
Abu Shabakiy arab adabiyotini yangilash va modernizatsiya qilish kerakligi haqida tlif berdi. Shabakiy o'zidan keyingi shoir avlodlarini ilhomlantirdi. Uning adabiy xizmatlarini e'tirof etish maqsadida uning tug'ilgan shahri Zuk Mikaeldagi uyida muzey tashkil etilgan.
Manbalar
Foydalanilgan adabiyotlar
uz.wikipedia.org