Ilya Solovyov
Ilya Ivanovich Solovyov (talaffuzi: Ilya Ivanovich Solovyov) (ruscha: Илья Иванович Соловьёв) (2000-yil 20-iyulda tugʻilgan) — belaruslik professional xokkeychi. Ilya Solovyov himoyachi sifatida oʻynaydi. Ilya Solovyov hozirda Amerika Xokkey Ligasi vakili (AHL) „Calgary Wranglers“ xokkey klubi bilan oʻynaydi. Ilya Solovyov Milliy Xokkey Ligasi (NHL) vakili „Calgary Flames“ xokkey jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi. Xalqaro miqyosda Ilya Solovyov 2021-yilgi jahon chempionatida Belarussiya erkaklar milliy xokkey terma jamoasida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati
Ilya Solovyov yoshligida Belorussiya milliy xokkey terma jamosining yoshlar guruhida oʻynagan. Ilya Solovyov Belorussiyaning 20 yoshgacha boʻlgan erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida Belorussiya Ekstraligasida (BXL) ishtirok etgan. Ilya Solovyov Ontario Xokkey Ligasi vakili (OHL) „Saginaw Spirit“ xokkey klubi safiga 2019-yilgi CHL import loyihasida 53-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Ilya Solovyov keyingi 2019—2020-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikadagi oʻsmirlar xokkey jamoalari safida debyut oʻyinlarini oʻtkazdi. Ilya Solovyov u yerda yettita gol urdi va 33 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Ilya Solovyov 2020-yilgi NHLga kirish loyihasida „Calgary Flames“ xokkey klubi safiga 205-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Ilya Solovyov Belorussiyaga qaytib, Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) vakili „Dinamo Minsk“ xokkey klubi jamoasi bilan oʻynadi. Ilya Solovyov klub safida 2020—2021-yilgi mavsumda yangi oʻyinchi sifatida 41 oʻyinda 2 gol urishga muvaffaq boʻldi va 7 golga assistentlik qildi.
Ilya Solovyov 2021-yil 6-aprelda „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnomaga imzo chekdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Ilya Solovyov 2021-yilgi IIHF jahon chempionatida Belarussiya milliy xokkey terma jamoasi safida Belarussiya sharafini himoya qildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org