Ilya Rubin
Ilya Davidovich Rubin ( 1924-yil 26-avgust, Xarkov - 2013-yil 5 mart, Quddus ) - sovet va isroillik rassom.
Biografiyasi
Ilya Davidovich Rubinlar oilasidagi eng kichik farzand bo‘lgan. Urush boshlanganda Ilya hali 18 yoshga to‘lmagan edi. Shu sabab armiyaga chaqirilmagan va ota-onasi bilan Semipalatinsk yaqinidagi Podgornaya stansiyasiga evakuatsiya qilingan. 1942-yilga kelib esa Ilya armiyaga chaqirilgan va Olma-Ota yaqinida joylashgan Talgar qishlog‘idagi Ryazan artilleriya ofitserlar maktabiga o‘qishga kirgan. 1944-yil oxirida Ilya Rubin 2-Ukraina frontiga, 9-chi zabt etuvchi korpusga yuborilgan. Ilya Rubin Budapesht va Venani bosib olish yurishlarida ishtirok etgan. Urush Pragada tugagan.
Demobilizatsiyadan so‘ng Ilya Davidovich Toshkentga ota-onasining oldiga qaytgan. 1952-yilda san’at maktabini tugatgan va o‘sha yerda o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Toshkent teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirgan. Institutni tamomlagach u yerda 1980-yilgacha ishlagan.
Ilya Rubin 1964-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi. Ko‘plab shaxsiy va guruh ko‘rgazmalarining ishtirokchisi. 1991-yildan Quddusda yashab, ijod qilgan. Rassom chizgan suratlar O‘zbekiston, Gruziya, Yaponiya, Isroil va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.
Ilya Rubin 2013-yil 5-martda Quddus shahrida vafot etgan.
Oilasi
Ilya Rubin uylangan, uning ikki qizi bor: yozuvchi Dina Rubina va skripkachi Vera Rubina ( Massachusets musiqa o'qituvchilari uyushmasi prezidenti ). Rassomning uchta nabirasi va evarasi bor.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org