Ilya Pyatetskiy-Shapiro




Ilya Iosifovich Pyatetskiy-Shapiro (ruscha: Илья Иосифович Пятецкий-Шапиро) (30-mart 1929-yil — 21-fevral 2009-yil) — Sovet Ittifoqida tugʻilgan isroillik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriya sohalari mutaxassisi. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Pyatetskiy-Shapiro Moskva universitetida tahsil olgan. Moskva pedagogika institutida aspiranturaga kirgan va 1954-yilda Aleksander Buxshtab rahbarligida fan nomzodi darajasini olgan. Moskva pedagogika institutidan keyin V. A. Steklov nomidagi matematika institutiga kirgan. Shu yerda 1959-yilda Igor Shafarevich rahbarligida PhD ilmiy darajasini olgan. Shafarevich bilan aloqa Pyatetskiy-Shapironing matematikaga qiziqishlarini kengaytirgan va olim zamonaviy sonlar nazariyasiga va algebraik geometriyaga eʼtibor qarata boshlagan.

Pyatetskiy-Shapiro 60 yillik ilmmiy va oʻqituvchilik faoliyati davomida ham amaliy, ham nazariy matematikaga salmoqli hissa qoʻshgan. Izlanishlarining soʻnggi 40 yilini olim sof matematika, xususan, sonlarning analitik nazariyasi, guruhlarni ifodalash nazariyasi va algebraik geometriyaga bagʻishlagan. Avtomorf shakllar teoriyasi hamda L-funskiyalar sohalariga qoʻshgan hissasi ham eʼtiborga loyiqdir.


uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz