Ilya Petrushevskiy
Ilya Pavlovich Petrushevskiy (10 (22)-iyun 1898, Kiyev — 1977-yil 18-mart, Leningrad) — sovet tarixchisi va sharqshunosi, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Tarix fanlari doktori, professor.
Tarjimayi holi
1926-yilda Xarkov hamda Boku universitetlarining tarix-filologiya fakultetlarini tamomlagan. 1926–1931-yillarda Bokuda ishlagan. 1931-yilda sharqshunos, islomshunos, tarjimon P.K. Juze va shoir, sharqshunos Yu.N. Marr qoʻl ostida Tbilisidagi SSSR Fanlar akademiyasining Kavkazshunoslik institutida arab va fors tillarini o‘rgangan. 1933–1936-yillarda Tbilisi universitetida dars bergan. Tarix fanlari nomzodi (1935, himoyasiz). 1936–1941-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Tarix institutining Leningrad filialida ishlash bilan bir qatorda, viloyat pedagogika institutida dars bergan. Tarix fanlari doktori (1941), doktorlik dissertatsiyasi — „Очерки по истории феодальных отношений в Азербайджане и Армении в XVI – начале XIX века“ („XVI – XIX asr boshlarida Ozarbayjon va Armanistonda feodal munosabatlari tarixidan ocherk“). Ikkinchi jahon urushi yillarida Boku va Toshkentda dars bergan. 1945–1947-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad filialida ishlagan. 1947-yildan Leningrad universiteti professori. 1950–1954 hamda 1961–1977-yillarda Sharq fakultetining Yaqin Sharq tarixi kafedrasini boshqargan. 1956–1959-yillarda u SSSR FA Sharqshunoslik institutining Leningrad boʻlimida Eronshunoslar guruhini boshqargan (1957-yil noyabrdan boshlab u Eron boʻlimi deb oʻzgartirilgan).
I.P. Petrushevskiyning asosiy ilmiy tadqiqotlari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida dehqonchilik va feodal munosabatlari tarixi, Oʻrta asrlar Eronidagi xalq harakatlari tarixi, koʻchmanchi va oʻtroq aholi oʻrtasidagi munosabatlar, islom tarixiga bagʻishlagan. Uning asarlari jahon sharqshunosligida yuqori ahamiyatga ega boʻlib, ularning bir qismi fors va ingliz tillariga tarjima qilingan. Jami 90 dan ortiq asar nashr ettirgan.
1977-yilda vafot etgan. U Sankt-Peterburgdagi Serafimovskiy qabristoniga dafn etilgan.
Asarlari
Hammualliflikda
Maqolalari
Muharrirlik ishlari
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org