Ilya Kovalenko
Ilya Kovalenko (1980-yil 17-aprel) — qirgʻizistonlik futbolchi, hujumchi, Oʻzbekiston fuqaroligiga ham ega. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Kattalar futbolida u 15 yoshida „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubi tarkibida oʻynay boshladi, 1995-yilda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori va mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 1996-yilda „Semetey“ning koʻp oʻyinchilari bilan birgalikda u „Metallurg“ga (Qadamjay) koʻchib oʻtdi va unda mamlakat chempioni va Kubok finalchisi boʻldi. 1997-yilda yana „Semetey“ safida oʻynadi.
1998-yilda Oʻzbekistonning „Neftchi“ (Fargʻona) klubiga oʻtib, keyingi 12 mavsumni shu erda oʻtkazdi. O‘zbekiston chempionati chempioni (2001), kumush (1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006) va bronza (2008) sovrindori, O‘zbekiston kubogi finalchisi (1998, 2001, 2002) bo‘lgan.) Vaholanki, barcha mavsumlarda ham asosiy tarkibda mustahkam o‘yinchi bo‘lgan emas. Hujumchi uchun eng samaralisi 2004-yilgi mavsum boʻlib, u 12 ta gol urgan. Umumiy hisobda Fargʻona klubi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida 189 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol urgan. „Neftchi“dagi o‘yinlari davomida O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan.
Faoliyatining yakunida bir mavsumni O‘zbekistonning „Metallurg“ (Bekobod) klubida o‘tkazdi.
Xalqaro oʻyinlar
U Qirgʻiziston olimpiya terma jamoasida oʻynagan, 2000-yilgi Olimpiadaga saralash turnirida toʻrtta gol (Turkmaniston va Qozogʻiston darvozasiga dubl) kiritgan. 2000-yil 15-noyabrda Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘iziston terma jamoasida debyut qilgan. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2001-yilning 3-fevralida Singapurga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinida kiritdi. Umuman olganda, 2000-2001-yillarda milliy terma jamoa safida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. Keyinchalik, xorijda toʻp surgan koʻplab qirgʻizistonlik futbolchilar singari, u ham klubda legioner hisoblanmaslik uchun terma jamoada oʻynashdan bosh tortdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org