Ilvirs
Ilvirs , qor qoploni, (Uncia uncia) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. lar urugʻining yagona turi. Tanasining uzunligi. 103— 130 sm, dumi 80—105 sm. Leopardga oʻxshash, lekin juni kulrang-sargish qoramtir xolli boʻlishi bilan undan farq qiladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida 2000 m balandlikda, doimiy muzliklar chegarasida uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa — ignabargli daraxtzorlar mintaqasiga tushadi. Kun botish bilan, baʼzan kunduzlari faol boʻladi. 1—5 tagacha, odatda, 2—3 ta bola tugʻadi. Togʻ tuyokli hayvonlari (asosan, togʻ qoʻylari), baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Ilvirs — bu shaxs ismi sifatida ishlatiladigan nom bo‘lishi mumkin. Agar siz "Ilvirs" haqida aniqroq yoki kengroq ma’lumot istasangiz, iltimos, nimaga oid ma’lumot kerakligini aniqlab bering: masalan, tarixiy shaxs, madaniyatda nom, yoki boshqa biror soha bilan bog‘liqmi? Shu orqali sizga to‘liq va aniqroq ma’lumot berishim mumkin.
Agar "Ilvirs" bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kontekst yoki savollaringiz bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin.