ILONLIKO’L



ILONLIKO’L — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi ko’l. Sirdaryoning o’ng sohilida, Dalvarzin cho’lida, Yangixayot qishlog’idan 5 kilometr Janubi Sharqda. Maydoni (180 gektar) va chuqurligi (3-4 metr) o’zgarib turadi. Sirdaryoning qoldiq o’zani o’rnida hosil bo’lgan. Ilonko’lga ekinzorlarning tashlama suvlari va sizot suvlar quyiladi. Qo’lda qamish, qo’g’a va boshqa suv o’tlari o’sadi. Suvi nisbatan sho’r. Ilonko’lda baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari katta.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz