ILONBO’YIN TOSHBAQALAR



ILONBO’YIN TOSHBAQALAR, ter rapinlar (Chelidae) — toshbaqalar oilasi. Uzun bo’yni va boshini yon tomondan egib, kosasining ostiga yashiradi. Avstraliya Ilonbo’yi toshbaqalari (Chelofi na longicollis) bo’ynining uzunligi tanasining uzunligiga teng keladi. Kosasi, odatda, bir oz yassi. 10 urug’i, 30 dan ortiq turi ma’lum, Janubiy Amerika, Avstraliya va yangi Gvineyada tarqalgan, etxo’r. 15— 20 dona tuxum qo’yadi. Ayrim turlari ovlanadi. Bir turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz