Ilon yuragi




„Ilon yuragi“ (ruscha: Сердце Змеи) — rus yozuvchisi Ivan Yefremov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. Muallif asarni 1958-yil yozgan.

Qissa ilk bor 1959-yil „Yunost“ jurnalida hamda „Yuz parsekli yoʻl“ toʻplamida chop etilgan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Syujet



„Tellur“ kosmik kemasi ekipaji fazoda oʻzga sayyoraliklar kemasiga duch keladi. Oʻzga sayyoraliklar odamlarga oʻxshaydi, ammo ftor bilan nafas oladi. Shu sabab ikki ekipaj shaffof oynaning ikki tarafida turib muloqot qiladi. Soʻngra har ikki kema oʻz yoʻlida davom etadi.

Qissada AQSh yozuvchisi Murray Leinsterning „Ilk kontakt“ hikoyasi tanqid qilinadi. Leisnter hikoyasida yerliklar oʻzga sayyoraliklar bilan bir-birining izidan bormaslikka kelishib oladi. „Ilon yuragi“ qissasida isnoniylik, ilm-fan hamda kommunizm olqishlangan.

Qahramonlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz