Ilon burgut




Ilonburgut , yoki oddiy ilon ilonxo‘r , ilonxo‘r burgut yoki taqir burgut (Circaetus gallicus yoki Circaetus ferox) — qarchig‘aylar oilasiga mansub ilonxo‘rlar kenja vakiliga kiruvchi yirtqush qushlardan biri hisoblanadi.

Tavsif



Umumiy uzunligi - 67-72 sm, qanotlarini qoqqanda 160-190 sm, qanot uzunligi 52-60 sm.Urg‘ochilari erkaklaridan yirikroq ko‘rinishda, ammo bir xil rangda bo‘lishadi. Qushlarning orqa tomoni kulrang-jigarrang, yosh qushlarniki xuddi kattalarnikiga o‘xshaydi .

Tarqalishi



Baland tog‘ va haydaladigan yerlarda uyalamasligini hisobga olmaganda, deyarli hamma joyda tarqalgan. O‘zbekistondan tashqarida: O‘rta Osiyo va Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston (uyalash); Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash). Evropada, Afrikada, Gʻarbiy Osiyoda, Shimoliy Hindistonda - boshqa kichik turlari mavjud.

Rossiyaning Qizil kitobiga , Belarus Respublikasining Qizil kitobiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yashash joyi




Dengiz sathidan 2500 m balandlikdagi qumli cho‘l, to‘qay o‘rmonlari, qoldiq tog‘lar, tog‘larning cho‘llashgan etaklari qismida yashaydi.

Soni



1970-1980-yillarda 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan (Markaziy Qizilqum – 8, Orol-Payg‘ambar – 1, Amudaryoning quyi qismi – 2, Nurota t. – 2, Chotqol t. – 4-5; uyalashda – 50 tagacha juftsizi); taxminan jami 30-40 tagacha uyalovchi jufti bo‘lgan. Bugungi kunga kelib soni keskin kamayib ketgan. So‘nggi o‘n yilliklarda keskin ravishda aloqa tarmoqlari: temir va avtomobil yo‘llari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari qurilishi, yangi gaz konlari o‘zlashtirilishi tufayli Hisor tog‘ining shimoliy va janubiy yonbag‘irlaridagi pasttog‘larda soni kamayib ketdi.

Hayot tarzi



Bahorgi uchib o‘tishi – mart-aprelda. Daraxtlar, butalar, jarliklar va qoyalarga in quradi. Aprel-mayda bitta, ba’zan esa ikkita tuxum qo‘yadi va 35-47 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabr oylaridan ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tish davri – sentyabr-oktyabrga to‘g‘ri keladi. Kaltakesaklar va ilonlar bilan oziqlanadi.

Ushbu tur qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib ketmoqda.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz