Ilmiy-yordamchi bibliografiya




Ilmiy-yordamchi bibliografiya — bibliografiya turi; ilmiy va ixtisosli ilmiy yordamchi faoliyatiga yordam berishga xizmat qiladi. Alohida xizmat kŏrsatish sohalari bilan uzviy bogʻliq, shu tufayli u hamisha aniq kitobxonlar guruhiga ega. I.-yo. b. mutaxassis, ilmiy xodimlarga ularni qiziktirgan masalalarga oid adabiyotlar haqida toʻliq maʼlumot beradi; zarur hollarda asarning mazmunini ham (annotatsiya, referat yordamida) yoritib beradi. I.-yo. b.da bibliografiyaning universal, retrospektiv; tarmoq kundalik yoki retrospektiv; oʻlkashunoslik kundalik yoki retrospektiv va b., shaxsiy I.-yo.b. turlari jamlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz