ILMIY-OMMABOP KINO



ILMIY-OMMABOP KINO – ilmiy kino turi. Barcha ilm jabhalari — fan, texnika muvaffaqiyatlari targ’ib qilinadi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning turli jihatlarini aks ettiradi. Ilk bor 1897 yilda ko’rsatilgan. Ilmiy publitsistika va kinojurnal shaklida bo’ladi. Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini xulosalab ko’rsatadi, murakkab ilmiy muammolarni ommaga tushunarli qilib yetkazadi. O’zbekistonda Ilmiy-ommabop kino ishlab chiqaruvchi O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasi bor. “G’o’za zararkunandalariga qarshi kurash” (rejissyor N. Saidov), “Xalqobod” (rejissyor I. Gibalevich), “O’zbek atlasi” (rejissyor S. Davlatov), “Suv keldi”, “Turnalar cho’li” (rejissyor D. Salimov) va boshqa filmlar shu studiyada ishlab chiqarilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz