ILMIY XODIM — ilmiy tadqiqot muassasalari yoki oliy o’quv yurtlarida fanning biror sohasi bo’yicha tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassis. O’zbekistonda katta ilmiy xodim unvon va lavozimi hamda kichik Ilmiy xodim lavozimi bor. Katta Ilmiy xodim ilmiy unvoni fan doktori yoki fan nomzodi ilmiy darajalariga ega, ilmiy ishlari e’lon qilingan va ilmiy tadqiqot muassasalarida mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi shaxslarga beriladi. Bu unvonni talabgor ishlab turgan muassasa ilmiy kengashi tavsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish