ILMENORUTIL



ILMENORUTIL — rutil guruhidagi Nb2Osra (19,64% gacha) boy mineral. Kimyoviy formulasi (Ti, Nb, Fe) O2. Tarkibidagi Niobiyning miqdori juda o’zgaruvchan bo’lib, zichligi, yaltiroqligi kabi xususiyatlariga ta’sir etadi. Tetragonal singoniyali, alohida kristallar yoki ularning uyumlari holida uchraydi. Rangi qora. Qattiqligi 6. Zichligi 4350-5590 kg/m3. Yaltiroqligi kuchli olmossimon, xira metallsimon. Pegmatitli ertomirlarda jelvaklar qosil qiladi. Ba’zan sochilmalarda ham bo’ladi. Norvegiya (Eve va Tvedestrand), AQSh (Janubiy Dakota shtata), Rossiya (Ilmen tog’lari)da bor. O’zbekistonda kam uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz