Ilmenit




Ilmenit , titanli temir-tosh (Uraldagi Ilmen togʻi nomi-dan) — mineral, kimyoviy formulasi FeTiO, FeOTiO,. Tarkibidabiroz magniy, baʼzan marganets ham boʻladi. Tri-gonal singoniyali, kristallari yoʻgʻon taxtachasimon, romboedrik, goho pla-stinkasimon. Rangi qoramtir, qora, kulrang . Qattiqligi 5—6. Zichligi 4,8 g/sm3. Asosli intruziv (gabbro, piro-ksenit, diabaz) va ishqorli jinslarda magnetit, choʻkindi jinslarda esa koʻpincha magnetit bilan birga uchraydi. Rossiyada’Ilmen togʻlarida (Jan. Ural), Norvegiyada Egersunn-Sogndal yonidagi Telnes koni va Krageryo konlari bor. Titan olinadigan asosiy ruda. Aviatsiya sanoatida va poʻlatning alohida turini olishda ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz