ILLIT (AQShdagi Illinoys shtati nomidan) — noaniq slyuda yoki gilli mineral. Illinoys shtatidagi Paleozoy davri gil yotqiziqlarida topilgan. Xorij, ayniqsa ingliz adabiyotida gidroslyuda Illit deb yuritiladi. Dioktaedrik va trioktaedrik bo’lishi mumkin. Qattiqligi 2,6—2,9. Rangi turli xil. Kimyoviy va termik analiz bilan qamda o’rganilayotgan namunaga organik suyuqliklar bilan avval va keyinchalik ishlov berilgandan so’ng rentgenometrik usulda aniqlanadi. Gilli slanes va Argillitlarda uchraydi. Dala shpatlarining nurashidan, boshqa gilli minerallarning diagenezi jarayonida kolloidlarni kristallanishidan hosil bo’ladi. Illit O’zbekistonda ko’p joylarda topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish