ILLIRIYLAR



ILLIRIYLAR — Hind-Yevropa tillariga mansub qadimgi qabilalar. Bolqon yarim orolining shimoli-G’arbida (dalmatlar, ardieylar, pannoniyaliklar va boshqalar) va Apennin yarim orolining Janubisharqida (yapiglar, messaplar va boshqalar) yashaganlar. Illiriylar miloddan avvalgi 3-asrning oxiri — miloddan avvalgi 1-asr oxirlarida rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan va romanlashtirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz