Illan Meslier
Illan Stéphane Meslier (2000-yil 2-martda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Premierliganing “Leeds United” klubi darvozaboni.
Yoshlik yillari
Illan Stéphane Meslier 2000-yil 2-martda Lorientda (Brittaniya) tugʻilgan.
Klubdagi karyerasi
Lorient bilan
Illan Stéphane Meslier 6 yoshida o'zining mahalliy klubi Merlevenez bilan futbol o'ynay boshladi va FC Lorientga qarshi muvaffaqiyatli o'yindan so'ng Lorient akademiyasiga qo'shildi. 2018-yilning 1-fevralida u Lorient bilan faoliyatidagi ilk professional shartnomasini imzoladi. 2018-yilning iyul oyida Lorient klubi Liga 1 vakili AS Monaconing Illan Stéphane Meslier uchun 10 million yevrolik taklifini rad etdi. Uni Angliya Premer ligasi vakili "Chelsea" ham qiziqish bildirmoqda.
Illan Stéphane Meslier Lorientda qoldi va qisqa vaqt ichida, o'sha paytdagi bosh murabbiy Mickaël Landreau qo'l ostida 2018-yil 14-avgustda "Valenciennes" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda debyut qildi. U professional sifatidagi dastlabki beshta o'yinida ketma-ket darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va "FC Paris"ga qarshi 6-o'yinda o'zining faoliyatidagi birinchi golini o'tkazib yubordi. U "Clermont" futbolchisi Manuel Perezning "Lorient" qarshi o'yinida (1:0) vaqtidagi penaltini qaytarib qoldi. U 2018-19 yilgi mavsumda klubning 1-raqamli posboni sifatidagi o'rnini mustahkamladi. Barcha musobaqalarda 30 marta maydonga tushdi va 11 marta o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Illan Stéphane Meslier o'yinlari bilan Lorientga, 2018-19-yilgi Liga 2 mavsumida 6-o'rinni egallashiga yordam berdi, ammo RC Lens bilan solishtirganda to'plar farqi tufayli pley-offni o'tkazib yubordi.
Leeds United bilan
2019-20-yilgi mavsumda 2019-yil 8-avgustda Illan Stéphane Meslier Angliya chempionatining “Leeds United” jamoasi tomonidan bir mavsumga ijaraga olindi. “Leeds” Illan Stéphane Meslierni doimiy shartnoma asosida sotib olish imkoniyatiga ega edi. U mavsumni Kiko Casilladan keyin ikkinchi darvozabon sifatida boshladi va zaxira o'rindig'idagi ikkinchi darvozabon uchun Kamil Miazek bilan raqobatlashdi. Illan Stéphane Meslier dekabrgacha "Leeds United"ning 23 yoshlilardan iborat jamoasida uchta alohida penaltini qaytarib, penaltini qaytaruvchi mutaxassis darvozabon sifatida obro' qozondi.
2020-yil 4-yanvar kuni bosh murabbiy Marscelo Bielsa Illan Stéphane Meslier 6-yanvar kuni Leedsning Angliya kubogi doirasidagi Angliya Premierliga vakili “Arsenal”ga qarshi oʻyinda debyut qilishini e’lon qildi. Illan Stéphane Meslier o'zining debyutida Premierliga jamoasiga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi va ammo jamoasi 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay u o'yindagi seyvlari uchun maqtovga sazovor bo'ldi. 2020-yil 29-fevralda u “Leeds” safida “Hull City” mehmoni boʻlib, "Hull City" ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Illan Stéphane Meslier, klubning asosiy darvozaboni Kiko Casilla sakkiz o'yinga diskvalifikatsiya qilinganidan so'ng mavsumni Leedsdagi birinchi darvozabon sifatida yakunladi. Illan Stéphane Meslier o'zining 10ta o'yinidan 7tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va Leedsning chempion bo'lishiga va Premierligaga ko'tarilishiga yordam berdi.
2020-21-yilgi mavsum 2020-yil 23-iyulda Illan Stéphane Meslier Premierligaga koʻtarilganidan soʻng 5 million funt sterling evaziga “Leeds”ga transver qilindi va klub bilan Illan Stéphane Meslier uch yillik shartnoma imzoladi. Meslier 2020-21-yilgi Premierligadagi debyutini 2020-yil 12-sentabrda “Liverpul” ga qarshi mavsumning birinchi oʻyinida, “Anfield”(Enfild)da amaldagi chempionga qarshi oʻyinda 3:4 hisobidagi o'yin bilan boshlagan edi. 28-sentyabr kuni Illan Stéphane Meslier Yorkshir derbisida Bramall-Laneda Sheffield United ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2021-yilning 23-fevralida Illan Stéphane Meslier Premierliganing bir mavsumida 11 ta gol oʻtkazib, 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi darvozabonga aylandi.
2021-22 mavsum 2021-yilning 13-avgustida Illan Stéphane Meslier amaldagi shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirilgan holatda yangi shartnoma imzoladi.
Xalqaro maydonda
Illan Stéphane Meslier xalqaro miqyosda Fransiya milliy jamoasida o'ynadi. 21 yoshgacha bo'lgan Fransiya milliy jamoasining o'yinlarida o'ynadi. Illan Stéphane Meslier shuningdek, 2019-yilgi 20 yoshlilar o'rtasida o'tkazilgan Jahon chempionatida Fransiya jamoasining tarkibida boʻlgan va 2019-yilning may oyida asosiy darvozabon sifatida oʻynagan.
2019-yil noyabr oyida Illan Stéphane Meslier 21 yoshlilar bo'yicha Fransiya terma jamoasiga chaqirildi va 2019-yil 19-noyabrda Shveysariyaga qarshi oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida qayd etildi. U 2020-yilning avgust oyida Gruziya va Ozarbayjon termalariga qarshi o'yinlar uchun Fransiyaning 21 yoshlilar bo'yicha terma jamoasiga yana chaqirilgan. U 2021-yil 31-may kuni Niderlandiyaga qarshi chorak finalda debyut qildi.
O'yin uslubi
Tashqi ko'rinishi va jismoniy holati tufayli Illan Stéphane Meslierning darvozabonlik uslubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan taqqoslanadi.
Karyeradagi statistikasi
Klub
Yutuqlar
Leeds United Individual Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org