Ilhom Yunusov
Ilhom Yunusov (oʻzbekcha: Ilhom Yunusov / Илҳом Юнусов; 1982-yil 3-may) — himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati
2001-2008-yillar davomida „Buxoro“ safida to‘p surgan, 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 20 dan ortiq gol urgan. 2009 va 2010-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 2011-2015-yillarda Qarshining „Nasaf“ jamoasida toʻp surdi 2011-yilgi mavsumda OFK kubogi qoʻlga kiritlgan jamoaning asosiy futbolchilardan biri edi. Keyingi ikki mavsumni „Qizilqum“da o‘tkazdi. 2018-yildan yana Samarqand „Dinamo“sida toʻp sura boshladi. 2019-yilgi mavsum boshida Samarqandning boshqa bir jamoasi „Sherdor“ sifadan joy oldi ammo birinchi davra yakuniga yetmasidan faoliyatini yakunladi.
Milliy terma jamoa
2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida 2 ta oʻyinda (Tailand va KXDR terma jamoalariga qarshi), 2013-yilda Vetnam terma jamoasiga qarshi yana bitta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org