Ilhom Shomurodov




Ilhom Shomurodov (1984-yil 28-martda tugʻilgan; Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi. Hujumchi.

Futbolchilik faoliyati



Ilhom Shomurodov futbolchilar oilasida dunyoga kelgan, Akasi Azamat va ukasi Oʻzbekiston quyi ligalarida toʻp surgan. Uning eng mashhur qarindoshi, uning jiyani, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdir.

Faoliyatini 2004-yilda Termizning „Surxon“ tarkibida boshlagan, 2005-yil oxirigacha bu jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2006-yilda birinchi ligada toʻp surgan Sariosiyoning „Toʻpalang“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. „Toʻpalang“ klubida oʻtkazgan ikki mavsum davomida u 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

2008-yil boshida u oliy ligada Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtib, bir mavsumda 25ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsum oraligʻida Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, 2012-yilning yoziga qadar oʻynab, 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi. 2012-yil oʻrtalarida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi va beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yil boshida u „Nasaf“ga qaytdi. 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Oliy ligaasida 150 uchrashuvini Nasaf tarkibida oʻtkazdi. 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta gol urib Nasaf jamoasining Kubok chempioni boʻlishida katta xissa qoʻshdi. Shu mavsumning oʻzida „Nasaf“ klubining Oliy liga baxslaridagi 1000 goli muallifiga aylanib tarixga kirdi. 2017-yilgi mavsum oldidan Ketma ket olingan jaroxatlar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi.

Yutuqlar



Nasaf bilan




Bunyodkor tarkibida




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz