Ilhaq




Ilhaq  — 2020-yilda suratga olingan oʻzbek harbiy drama filmi. Film rejissori va ssenariy muallifi — Jahongir Ahmedov. Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan ishlangan. Ushbu film „Belarusfilm“ kinostudiyasi bilan qoʻshma hamkorlikdagi birinchi loyiha sanaladi. Film ijodkorlarining taʼkidlashicha, ssenariy Zulfiya Zokirovaning „Umr“ asari asosida yaratilgan. Unda Ulugʻ Vatan urushi davrida besh farzandini yoʻqotgan onaning matonati haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarda Dilorom Karimova, Tohir Saidov, Dilrabo Mirzayeva, Fotih Nasimov va Husan Rashidov ishtirok etishgan. Film katta ekranlarga 2019-yil 21-oktabrdan namoyish etilgan.

2020-yil 9-may kuni Oʻzbekistonning barcha telekanallarida, jumladan, „Sevimli TV“, „MY5“, Zoʻr TV", „Milliy TV“ Ulugʻ Vatan urushining 75-yilligiga bagʻishlangan hayotiy voqealar asosida suratga olingan „Ilhaq“ filmining premerasi boʻlib oʻtdi. Film Oʻzbekistonda birinchi boʻlib COVID-19 pandemiyasi tufayli cheklovlardan soʻng kinoteatrlarda namoyish etildi.
Ilhaq filmi boshqa tillarga ham tarjima qilingan, hususan ingliz va rus tilida subtitr shaklida tayyorlangan, bundan tashqari toijik tilida ham namoyish etilgan. Oʻzbekiston Turizm va madaniyat vazirligi qoshidagi Kinematografiya agentligi xabariga koʻra Ilhaq" kinokartinasini qozoq, turkman, qirgʻiz tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan.

Mazmuni



„Ilhaq“ filmi real voqealarga asoslangan. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinchi jahon urushi davridagi hayoti hikoya qilinadi. Zulfiya barcha oʻgʻillarini urushga joʻnatadi, lekin ularning hammasi halok boʻladi. Ulardan toʻrttasining rafiqalari bor edi, keyinchalik ular boshqa turmush qurishmaydi. Zulfiya aya qora maktublar olsa ham, umrining soʻnggi kunlarigacha farzandlarining qaytishiga umid qiladi. Filmi soʻngida esa Rossiyda halok boʻlgan urush qaharamonlarining qabri haqidagi maʼlumotlar va manashu yodgorliklar tasviri bilan tugaydi.

Yaratilish tarixi



„Ilhaq“ filmi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2019-yilda Ulugʻ Vatan urushining 75 yilligi munosabati bilan yaratilgan.

FMazkur filmni suratga olish „EZGU Film“ kinokompaniyasiga yuklangan. Aktyor sifatida Oʻzbekiston va Belarusning eng mashhur madaniyat arboblari rol ijro etishgan.

„EZGU Film“ kino maydonchasida oʻsha davr muhiti qayta jonlanadi. Belorussiyadan kelgan ijodiy jamoa bilan hamkorlikda 5 gektar maydonda dekorasiya barpo etiladi: shahar va jang maydonlari. Ikkinchi jahon urushi binolari qad rostlaydi va xuddi oʻsha davrga moslab quriladi.

Rollarda




Suratga olish guruhida




Post-production



„Ilhaq“ filmi musiqasi Doniyor Agzamov tomonidan yozilgan. Ovoz rejissori Anvar Fayzullayev, Ovoz dizayni Doniyor Agzamov. SineLab Dolby Digital 5.1. post-prodakshn kompaniyasi ovoz kompleksi.

Mukofot va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz