ILG’OR
ILG’OR, ilg’a (qadimgi turkiycha — tez harakat qilmoq, hujum qilmoq) — 1) 6-8-asrlarda turkiy xalqlarda ko’shinning old tomonida boruvchi harbiy qism, avangard. Ko’k Turk xoqonligi cherigida yizak, jizag, ilki Su; Qoraxoniylar, Xorazmshohlar qo’shinida Yazak, temuriylar, shayboniylar hamda so’nggi xonliklar armiyasida manglay, hiravul, taloya (toliy’a) kabi istiloh Ilg’or ma’nosida iste’molda bo’lgan; 2) suvoriylarning qo’qqisdan uyushtirgan hujumi, o’lja olish maqsadida qilingan bosqin, g’orat ma’nosida eski o’zbek tilida keng qo’llanishda bo’lgan; “Qosimbek va Ibroqim soru va Vays Logariy boshliqlarni ikki tarafga ilg’or yiborilib edi” (Boburnoma, 58).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz